AQSh sudi Saudiya shahzodasiga qarshi qotillik ishi bo‘yicha da’voni rad etdi

AQSh sudi Saudiya shahzodasiga qarshi qotillik ishi bo‘yicha da’voni rad etdi

AQSh sudi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga qarshi 2018 yilda Washington Post sharhlovchisi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha kiritilgan da’voni rad etdi.

“Qaror AQSh prezidenti ma’muriyati tomonidan shahzodaning “daxlsizligi”ga ishora qilgan tavsiyasidan so‘ng qabul qilindi”, deb xabar beradi AXIOS.

“Sudning xavotiriga qaramay, bin Salmonning mavqei va uning Qoshiqchi qotilligiga aloqadorligi haqidagi ishonchli da’volarni hisobga olgan holda, Qo‘shma Shtatlar sudga uning (xalqaro) daxlsizligi haqida ma’lum qildi”, deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, xuddi shu ish bo‘yicha valiahd shahzodaning sobiq maslahatchisi Saud al-Qahtaniy, shuningdek, Saudiya Arabistoni razvedka xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Ahmad al-Asiriyga qarshi da’volar ham rad etildi.

Sudya "shaxsiy yurisdiksiya tufayli jinoiy javobgarlikka tortish uchun hech qanday asoslar yo‘qligi”ga tayangani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Washington Post gazetasi sharhlovchisi Jamol Qoshiqchi 2018 yilda Saudiya Arabistonining Turkiyadagi konsulligida o‘ldirilgan edi. AQSh va Turkiya shahzoda bin Salmonni jurnalistni o‘ldirishga buyruq berganlikda ayblagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!