AQSh senatorlari 2023 yilda mudofaa xarajatlari uchun 850 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda

AQSh senatorlari 2023 yilda mudofaa xarajatlari uchun 850 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda

AQSh senatorlari mudofaa xarajatlari uchun 850 milliard dollar ajratish taklifini kiritdi, deb xabar beradi The Hill.

AQSh Senatining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasi payshanba kuni e’lon qilingan qariyb 1,7 trillion dollarlik xarajatlar paketi doirasida 2023 moliya yili uchun 850 milliard dollarlik milliy mudofaa xarajatlarini taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, mablag‘larning asosiy qismi AQSh Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun 792,1 milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi mudofaa xarajatlarini ruxsat berish to‘g‘risidagi qonun loyihasining qabul qilinishidan kelib chiqishi mumkin.

Bu 2022-moliya yili uchun tasdiqlanganidan 63,6 milliard dollarga ko‘pdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!