AQSh yadro zaxiralarini qisqartirish masalasini Rossiya va Xitoy bilan “jiddiy” muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deb bayonot berdi milliy xavfsizlik bo‘yicha Oq uy maslahatchisi Robert OʼBrayen.
“AQSh unchalik samarali bo‘lmagan o‘rta va yaqin masofaga uchadigan raketalar bo‘yicha shartnomadan chiqdi, bu ehtimol Rossiyani, hatto Xitoyni ham yadro qurollarini yaqin oylarda qisqartirish bo‘yicha jiddiy gaplashib olish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilar” dedi Robert OʼBrayen Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Atlantika kengashidagi chiqishida.
Shu bilan birga, maslahatchi strategik hujum qurollarini kelgusida ham qisqartirib borish haqidagi shartnoma muddatini cho‘zish bo‘yicha muhokamalar yopiq eshiklar ortida bo‘lishini aytib o‘tgan
OʼBrayen shuningdek, Rossiya bilan AQSh Xitoydan farqli o‘laroq, qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralardan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, agar Rossiya bilan muzokaralar yaxshi natija bersa, unda Xitoyga “bosim o‘tkaziladi” va Chin mamlakati ham ushbu chora-tadbirlarga qo‘shiladi.
Manba: uza. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.