AQSh Rossiyani "do‘stona sherik" qilish yo‘lini izlamoqda

AQSh Rossiyani "do‘stona sherik" qilish yo‘lini izlamoqda

Oq Uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Ulliottning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning boshqa mamlakatlarga nisbatan tajovuzidan "voz kechishi" va Vashington hamda Yevropa Ittifoqi uchun "do‘st sherik" bo‘lishi yo‘lini izlamoqda.

Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

"Tramp tinchlikka kuch orqali erishish kerakligini biladi, ammo biz Rossiya bilan boshqa yo‘lni qidirmoqdamiz - bu yo‘lda Rossiya chet elda tajovuzlardan tiyilib, AQSh va Yevropa uchun do‘stona sherikga aylanadi", dedi u.

Ulliottning ta’kidlashicha, Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun Ronalmd Reygandan keyingi har qanday Amerika prezidentidan ko‘ra ko‘proq harakat qilmoqda.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Rossiya va Xitoy bilan yadro qurolini cheklash bo‘yicha qurol nazorati bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lida "ehtiyotkorlik bilan optimistik" harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!