AQSh Rossiya qarzi bo‘yicha to‘lovlarni bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Rossiya qarzi bo‘yicha to‘lovlarni bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Agar AQSh Rossiya qarzi bo‘yicha to‘lovlarni bloklasa, Rossiya tashqi suveren obligasiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga majbur bo‘ladi.

Rossiyaga bosimni kuchaytirish doirasida Jo Bayden ma’muriyati joriy yilning 2 martida AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan berilgan vaqtinchalik 9A bosh lisenziyasini uzaytirmaslik masalasini ko‘rib chiqmoqda. Lisenziya muddati 2022 yil 25 mayda tugaydi.

Ushbu lisenziya Moskvaga amerikalik investorlarga foizlar va dividendlar to‘lashni davom ettirish va defoltga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Lisenziya muddati tugagach, Rossiya yil oxirigacha deyarli 2 milliard dollar miqdorida tashqi suveren obligasiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!