AQSh referendumlar tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

AQSh referendumlar tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

Vashington yaqin kunlarda cheklovlarni e’lon qiladi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“G7 mamlakatlari yetakchilari referendumlar boshlanganidan keyin juma kuni qilgan bayonotida oqibatlar bo‘lishini tasdiqlagan edi. Xususan, qo‘shimcha kuchaytirilgan sanksiyalar, jumladan, Rossiyadan tashqarida referendumlarni qo‘llab-quvvatlovchi yuridik shaxslar va kompaniyalarga qarshi choralar. Bunga yaqin kunlarda guvoh bo‘lasiz, AQSh tez kunlarda yangi sanksiyalarni e’lon qiladi”, — deydi Sallivan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!