AQSh Moliya vazirligi defolt sanasini o‘zgartirdi

AQSh Moliya vazirligi defolt sanasini o‘zgartirdi

AQSh Moliya vazirligi davlat qarzi limitini oshirish uchun 5 iyungacha muddat belgiladi. Bu haqda Reuters yozdi.

Departament rahbari Janet Yellen so‘zlariga ko‘ra, agar Kongress davlat qarzi chegarasini 31,4 trillion dollarga ko‘tarmasa, hukumat defoltga uchraydi.

Yellenning ta’kidlashicha, avvallari defolt 1 iyun kuni sodir bo‘lishi mumkinligi kutilgan edi, ammo endi oxirgi muddat - 5 iyun. Agar Kongress 5 iyungacha qarz limitini ko‘tarmasa yoki to‘xtatmasa, Moliya vazirligi hukumat majburiyatlarini bajarish uchun yetarli resurslarga ega bo‘lmaydi.

2023 yil 26 may holatiga ko‘ra, xalqaro ekspertlar AQSh moliyaviy zaxiralari 9 iyun kuni tugashini bashorat qilishgan. Shunga qaramay, mutaxassislarning 80 foizi defolt bo‘lmasligiga ishonchi komil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!