Erondagi norozilik namoyishlari fonida Qo‘shma Shtatlar kelgusi haftalarda mamlakatga hujum qilishni rejalashtirmoqda.
Iran International nashri bu haqda xabardor manbalarga tayanib xabar bergan.
Ommaviy axborot vositalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘tgan hafta Yaqin Sharqqa katta miqdordagi harbiy texnika yuborgan va bu jarayon kelgusi kunlarda ham davom etadi.
Ta’kidlanishicha, Isroil operasiyaga faqat AQSh harakatlaridan keyin va Eron Isroilga hujum qilgan taqdirdagina yoki bunday qilish niyatida aniq belgilar ko‘rsatgan taqdirdagina qo‘shiladi.
Avvalroq Reuters agentligi Isroil so‘nggi yillardagi eng yirik hukumatga qarshi norozilik namoyishlari fonida AQShning Eronga aralashuvi ehtimoli tufayli yuqori darajadagi hushyorlik holatida ekanligi haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi kunlarda Eronga aralashuv ehtimoli haqida bir necha bor gapirgan va Eron rasmiylarini norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirishdan ogohlantirgan. AQSh oxirgi marta o‘tgan yilning iyun oyida Isroil va Eron o‘rtasidagi 12 kunlik urush paytida mamlakatga havo hujumlarini amalga oshirgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.