AQSh Guantanamoga har kuni muhojir reyslarini jo‘natadi

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlar bilan har kuni AQShning Kubadagi Guantanamo harbiy bazasiga parvozlar jo‘natmoqchi.
Bu haqda CBS telekompaniyasi ma’lum qildi.
Maqsad - har kuni muhojirlarni olib ketayotgan harbiy samolyotlarni bazaga jo‘natish, dedi AQShning ikki rasmiysi. Hozircha AQSh rasmiylari u yerga bor-yo‘g‘i ikkita samolyot jo‘natgan, biroq 7 fevral kuni qo‘shimcha reyslar kutilmoqda.
Manbalar, shuningdek, AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem juma kuni Guantanamoga tashrif buyurib, 30 mingga yaqin muhojirni ushlab turish uchun joy va sharoitlar tayyorlanishini nazorat qilmoqchi.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Pentagon va Ichki xavfsizlik departamentiga AQShning Guantanamo bazasidagi muhojirlarni saqlash markazini “to‘liq quvvatga” kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Hujjat matniga ko‘ra, markaz “AQShda noqonuniy bo‘lgan xorijliklar orasidan eng xavfli jinoyatchilarni ushlab turish uchun qo‘shimcha joylarni ta’minlashi” kerak. Avvalroq Oq uyda nutq so‘zlagan Tramp Guantanamoga 30 minggacha noqonuniy muhojirni o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.