AQSh Eron xavfsizlik rasmiylarini sanksiyalari ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Eron xavfsizlik rasmiylarini sanksiyalari ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Moliya vazirligi Erondagi ba’zi yuqori darajadagi xavfsizlik amaldorlari hamda Eron polisiyasi o‘rinbosarini Erondagi namoyishlarda zo‘ravonlik va ta’qiblar uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Eron vise-polisiya xizmatining “ayollarga nisbatan ta’qib va zo‘ravonlik va tinch namoyishchilarning huquqlarini poymol qilish” uchun sanksiya ro‘yxatiga kiritilgani qayd etildi.

“Vise-polisiya hijobni noto‘g‘ri kiyganlikda ayblanib hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limi uchun javobgardir”, — deyiladi xabarda.

Shu sabablarga ko‘ra sanksiyalar ro‘yxatiga Razvedka va xavfsizlik vazirligi, quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonligi, Basij qarshilik kuchlari, shuningdek, Eron vise-polisiyasi rahbarlari kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, polisiya boshlig‘i o‘rinbosari Qosim Rizay, quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Kuymars Haydari, polisiya boshlig‘i Karmahala Manuchehr Amanullohiy, polisiya o‘rinbosari Qashma Gachi, razvedka va xavfsizlik vaziri Ismoil Katib sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu sanksiyalarning bir qismi sifatida AQSh fuqarolariga bu odamlar bilan tijoriy aloqalar o‘rnatish taqiqlanadi va ularning aktivlari muzlatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!