AQSh delegasiyasi yurtimizga tashrif buyuradi

AQSh delegasiyasi yurtimizga tashrif buyuradi

Joriy yilning 23-25 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi AQSh delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot bermoqda.

Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6-9 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegasiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lgandi. O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonga tashrifi doirasida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!