AQSh Afg‘onistonning milliardlarini qaytarmoqchi emas...

AQSh Afg‘onistonning milliardlarini qaytarmoqchi emas...

AQSh prezidenti Jo Bayden hukumati Afg‘onistonning xorijiy zaxiralarini qaytarmaslikka qaror qildi va bu borada «Tolibon» rasmiylari bilan muzokaralarni to‘xtatdi.

“Biz Afg‘oniston markaziy bankini qayta kapitallashtirishni qisqa muddatli variant sifatida ko‘rmayapmiz”, degan AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest 15 avgust kuni, «Tolibon» Kobulni egallab olganidan roppa-rosa bir yil o‘tib The Wall Street Journal nashriga.

Bu qaror o‘tgan oy Kobulda “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni o‘ldirgan AQSh dron hujumi bilan bog‘liq ekani taxmin qilinmoqda.

“Aytish kerakki, «Tolibon»ning “Al-Qoida” yetakchisi Ayman al-Zavohiriyga boshpana bergani, terrorchi guruhlarga mablag‘ o‘tkazib yuborilish ehtimoli bizni xavotirga soladi”, — degan Uest jurnalga.

O‘tgan yili AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan muvaffaqiyatsiz olib chiqilgach, Vashington mamlakat valyuta zaxiralarining 7 milliard dollarini muzlatib qo‘ygan edi. Shundan so‘ng rasmiylar mablag‘ning yarmini 11 sentyabr teraktlari qurbonlari oilalariga to‘lash uchun ajratishga qaror qildi.

Boshqa davlatlar bunga qo‘shimcha ravishda Afg‘onistonning 2 milliard dollar mablag‘ini muzlatib qo‘ygan.

O‘tgan hafta Oq uyga yetkazilgan 70 iqtisodchi va ekspertning maktubida “butun bir xalqni o‘zlari tanlamagan hukumat xatti-harakatlari uchun jamoaviy jazolash ma’naviy jihatdan qoralash, siyosiy va iqtisodiy jihatdan aqlsizlikdir” deyiladi.

Valyuta zaxiralarining yo‘qolishi Afg‘onistonni o‘tkir gumanitar inqirozga olib keldi, chunki markaziy bank yuqori inflyasiyaga qarshi kurashish va ochlik yoqasidagi aholini qutqarish uchun resurslarga ega emas.

Save the Children nohukumat tashkiloti hisobotida aytilishicha, afg‘on oilalarining 97 foizi o‘z farzandlarini yetarlicha oziq-ovqat bilan ta’minlashda qiynalayotgani, qariyb 80 foiz bolalar esa uyquga och yotayotganini aytishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!