AQSh afg‘onistonlik mahbusni ozod qildi

AQSh afg‘onistonlik mahbusni ozod qildi

AQSh hukumati afg‘on Asadulla Xorunni Guantanamo ko‘rfazidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari bazasida joylashgan qamoqxonadan ozod qildi va Afg‘oniston muvaqqat hukumatiga topshirdi.

Bu haqda Kobuldagi madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi:

- Asadulla Xorun AQSh bilan olib borilgan bevosita muzokara natijasida ozod qilindi, - deya bayonot berdi Mujohid. - Turli bahonalar bilan yurtdoshlarimizni qamoqxonada saqlayotgan davlatlar bilan aloqa o‘rnatganmiz. Mahbuslarni zudlik bilan ozod qilishga harakat qilyapmiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!