“Apple” sotgan “iPhone”lar soni milliarddan oshdi

“Apple” sotgan “iPhone”lar soni milliarddan oshdi

Amerikaning “Apple”  korporasiyasi milliarddan ortiq «iPhone» smartfonlarini sotishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu haqda tahlilchi Nil Sibart “Avalon Above” blogi uchun tayyorlagan maqolasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rekord ko‘rsatkichga shu yilning sentyabr oyida erishilgan.

"Ishga tushganiga 13 yil bo‘lgan “iPhone” eng ommabop va eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lib qolmoqda", degan Sibart.

Qayd etilishicha, boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilar hali ham koroporasiya texnologiyalarini nusxalashda davom etmoqda yoki uning ta’siri ostida ishlamoqda.

Nil Sibart, shuningdek, so‘nggi paytlarda yangi “iPhone” foydalanuvchilarining Android qurilmalariga o‘tish foizlari pasayishni boshlaganini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!