Apple pasport o‘rniga iPhone’dan foydalanishni taklif qildi

Apple pasport o‘rniga iPhone’dan foydalanishni taklif qildi

Apple korporasiyasi pasportlar o‘rniga kompaniya smartfonlaridan foydalanishni taklif qildi. Ushbu taklif bilan Apple AQShning patentlar va tovar belgilari boshqarmasiga murojaat qildi, deb yozmoqda «5-tv.ru».

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, shaxsni tanishning radiochastotali texnologiyasi o‘rnatilgan iPhone’lar qog‘oz hujjatlarning o‘rnini bosishi mumkin. iPhone o‘z egasining shifrlangan ma’lumotlarini ularni talab qilgan davlat organlariga yuboradi. Touch ID i Face ID biometrik texnologiyalari uzatilayotgan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlaydi.

Korporasiya vakillarining aytishicha, bu konsepsiyani tatbiq qilish mumkin bo‘lgan sohalar juda ko‘p. Xususan, aeroportlarda pasport nazoratini olib borish yoki ishga qabul qilishda hujjatlarni taqdim qilishda Apple konsepsiyasidan foydalanish mumkin.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!