Anhor kanalida noma’lum erkakning jasadi topildi

Anhor kanalida noma’lum erkakning jasadi topildi

Joriy yil 20 aprel kuni tushlik vaqtida Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova hamkasbi bilan sayr qilib yurgan vaqtida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi oqib ketayotgani guvohi bo‘lgan va darhol bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga ma’lum qilgan.

Voqea joyiga yetib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani ko‘zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.

Surishtiruv harakatlari davomida joriy yil 21 aprel kuni qo‘l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan.

Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!