Angrendagi 3 ta bog‘chadagi bolalar zaharlandi

Joriy yilning 13-14 sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi 1-sonli bog‘chada 3 nafar, 10-sonli bog‘chada 14 nafar hamda 37-sonli bog‘chada bir nafar tarbiyalanuvchilar birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda barcha tarbyalanuvchilar shifokorlar nazoratida.
Maktabgacha ta’lim agentligi yakuniy ekspertiza xulosasi taqdim etilganidan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha ma’lumot berishi ma’lum qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)