Andrea Pirlo «Yuventus» bosh murabbiyi

Andrea Pirlo «Yuventus» bosh murabbiyi

«Yuventus» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.

Klubning sobiq futbolchisi, 41 yoshli Andrea Pirlo shu lavozimga tayinlandi.

Avvalroq, Pirloning «Yuventus U23» bosh murabbiyi bo‘lishi haqida qaror qabul qilingan edi. Ammo asosiy jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Lion» to‘sig‘idan o‘ta olmagach, bosh murabbiy Maurisio Sarri iste’foga chiqarib yuborildi. «Yuventus» rahbariyati esa yosh mutaxassisga asosiy jamoani topshirishga qaror qildi.

Andrea Pirlo 2011-2015 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan va 120ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!