Andijonlik ko‘zi ojiz erkak Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi: "Yordam bering"

A A A
Andijonlik ko‘zi ojiz erkak Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi: "Yordam bering"

Saytimizga  Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Qora bo‘yin MFY, Qora bo‘yin 2-ko‘cha, 74-uyda yashovchi  Zokirjon TOSHPO‘LATOVdan murojaat kelib chiqdi. Aniqrog‘i, u prezident Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘ragan. Saytimizda ana shu iltimosnomani chop etishga qaror qildik.

 

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ochiq xat!

                      Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyev!

  Sizning yurtimizda olib borayotgan ulkan islohotlaringiz barcha vatandoshlarim kabi mening qalbimni ham cheksiz g‘ururga to‘ldiradi.

 Sizni bunday odilona islohotlaringiz zamirida avvalo inson manfaatlarini himoya qilish, aholini ijtimoiy himoyaga olish vazifasi birinchi masalalardan ekanligi ayni haqiqatdir.

  Bugungi kunda ayrim mutasaddilar tomonidan menga nisbatan e’tibor bo‘lmaganligi uchun shaxsan sizga ochiq xat yozishga majbur bo‘ldim. Chunki, siz mamlakatimizning rahbari sifatida har bir fuqaroning murojaatiga befarq emassiz. Chunki sizning odilona islohotlaringiz amalda xalqni davlatdan rozi qilishdek ezgulikka xizmat qilmoqda. Bu esa mening qalbimda ham katta umid uyg‘otyapti. Shu sabab sizga ochiq xat yo‘llashga qaror qildim.

 Men Toshpo‘latov Zokirjon Davronbek o‘g‘li. Mening bolalikdan ko‘zlarim ojiz bo‘lib, 1-guruh nogironiman. 1994 yil Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilganman. Ko‘zi ojiz nogironligim sababli 2000-2012 yillarda Asaka tumanidagi 16-son maxsus ko‘zi ojizlar maktab internatida brayl’ usulida tahsil olib, maktabni a’lo baholarga bitirganman. Maktabda o‘quvchilik davrimdanoq badiiy kitoblarni mutolaa qilishga, nazmiy she’rlarni ifodali o‘qishga mehr qo‘yganman. Bundan tashqari, maktab internatida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashardim. O‘zim nazmiy she’rlar mashq qilib turardim. Bu tug‘ma iste’dodimni yillar davomida mukammallashtirishga astoydil harakat qildim. Hozirda o‘z ustimda yanada ishlab, mazmunga boy she’rlar yozyapman, nazmiy yo‘nalishda erkin ijod qilyapman. Ijod namunalarim allaqachon matbuot yuzini ko‘rib ulgurgan bo‘lib, 2018 yilda “Ozor berma dilimga” nomli birinchi kitobim ham nashr qilindi. Hozirda she’rlar mashq qilish bilan birga hajviyalar, parodiyalar ham yozishga kirishganman. Qolaversa, taqlid va qo‘shiqchilik san’ati borasidagi tug‘ma iste’dodimni yanada shakllantirishga ham harakat qilyapman.

Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyev! Sizga murojaat qilishimdan maqsadim, menga moddiy yordam emas, ma’naviy ko‘mak zarur. Shu kungacha gazeta va jurnallardagi ijod namunalarimni va she’riy to‘plamimni ham o‘z kuchim va salohiyatim bilan chop ettirdim. Avval bu borada Shahrixon tuman hokimligiga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrixon tuman Kengashiga va Shahrixon tuman ko‘zi ojizlar jamiyatlariga qayta-qayta murojaat qilganman. Lekin, yuqorida nomlari qayd etilgan mutasaddi tashkilotlar tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmadi. Misol uchun “Mening yurtim” telekanalidagi “E’tibor markazida” hamda “Zo‘r TV” telekanalidagi “Mening orzuim” ko‘rsatuvida chiqish istagim borligini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrixon tuman Kengashiga bildirganimda ular tomonidan hech qanday ko‘mak ko‘rsatilmadi.

  Mening yagona orzu-istaklarim, men ham sog‘lom tengdoshlarim kabi xalqimga nafim tegsa deyman. Garchi 1-guruh nogironi bo‘lsam-da xalqimga sidqidildan xizmat qilib, o‘zimdan yaxshi nom qoldirishni, ijodkor sifatida jamiyatda o‘z o‘rnim bo‘lishni  xohlayman. Hozirda ishsiz bo‘lganim tufayli imkoniyatimni hisobga olib ish bilan ta’minlab berishlarini so‘rayman.

  Qolaversa, tuman, viloyat, respublika yoshlari uchun joriy etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hamda ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashib, o‘z iste’dodimni namoyish etib borishni, men ham mutasaddilar tomonidan ma’naviy qo‘llab-quvvatlashlarini, ularning doimiy e’tiborida bo‘lishni istayman.

 

Sizga yuksak Hurmat bilan...

Zokirjon TOSHPO‘LATOV,

Andijon viloyati, Shahrixon tumani,

Qora bo‘yin MFY, Qora bo‘yin 2-ko‘cha, 74-uy.

 

     

              


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Abduqodir Husanovning «Liverpul»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

"Манчестер Сити" Англия кубоги чорак финалида "Ливерпуль"ни йирик 4:0 ҳисобида мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди.

AQSh kelasi yili Kiyevga yordam bermaydi

Оқ уйнинг 2027 йилги Қўшма Штатлар учун федерал бюджет таклифида Киевни қўллаб-қувватлаш учун ҳеч қандай маблағ кўзда тутилмаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.