«Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi»: Bolalar ombudsmani holatni kuzatuviga oldi

«Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi»: Bolalar ombudsmani holatni kuzatuviga oldi

OAVlarda «Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi❕

📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 20 may kuni Andijon viloyati IIB ga 1986 yilda tug‘ilgan O‘.X. (erkak) murojaat qilib, 18 may kuni 2019 yilda tug‘ilgan farzandi M.A. (o‘g‘il bola) Andijon shahrida joylashgan nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyachisi F. G‘. (ayol) farzandini yuziga bir necha bor tarsaki urganligini aytgan.

🖇 Hozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!