Andijonda xonadonlarning birida yong‘in chiqdi

Andijonda xonadonlarning birida yong‘in chiqdi

Bugun, 8 iyun kuni Andijon shahridagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqamasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:19 da Andijon shahar «Yorboshi» MFY Sohil ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:29 da o‘rab olingan va soat 16:34 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uyning 70 kvadrat metr maydonda tom, shift va uy- jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar tufayli uyning 150 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!