Andijonda "prava" olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Andijonda "prava" olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.E. boshqa bir fuqaro F.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro A.H.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 350 AQSh dollari olganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!