Andijonda ozodlik evaziga 12 ming dollar pora olgan IIB mansabdorlari qo‘lga tushdi

Andijonda ozodlik evaziga 12 ming dollar pora olgan IIB mansabdorlari qo‘lga tushdi

 Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ular o‘zaro kelishgan holda JKning 1412 (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 182-moddalari (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan ayblanayotgan fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini va’da qilishgan. Ularga bunda sud idoralaridagi mansabdor shaxslar ko‘maklashishiga ishontirishgan. Buning evaziga esa 12 ming dollar talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda tergovchi va hibsxona boshlig‘i fuqaroning opasidan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!