Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlarga hukm o‘qildi

Andijonda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlarga hukm o‘qildi

Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro A.D. sinfdoshi SH.J. bilan o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning avgust oyida Qirg‘iziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat chegarasi orqali noqonuniy o‘tkazilgan 87 turdagi “Fokusin”, “Dopegit”, “Kogitum”, “Erinit” va boshqa dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xulosasiga ko‘ra, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 616 mln 802 ming so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining ma’lum bir qismi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, davlat reestriga kiritilmagan hamda ularga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan.

Ta’kidlash lozimki, fuqaro A.D. muqaddam uyushgan guruh tarkibida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatlarini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Holat yuzasidan A.D. va SH.J.ga nisbatan DXX Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan “Bojxona to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini buzishda ayblanib, Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudi tomonidan fuqaro A.D.ga nisbatan 5 yil hamda fuqaro SH.J.ga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!