Andijonda ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollari pora talab qilgan firibgar ushlandi

Andijonda ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollari pora talab qilgan firibgar ushlandi

Joriy yilning 16 may kuni fuqaro A.Jning arizasiga asosan Andijon viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida fuqaro T.X ariza muallifi A.Jni tibbiyot birlashmasiga «Kompyuter injenerligi» vazifasiga ishga joylab qo‘yishini aytib 600 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi hamda 25, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!