Andijonda aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)

Andijonda aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)

Andijon shahrida 21 yanvar kuni mahalliy aholi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Shahar hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Mazkur mahalla temir yo‘l vokzali yaqinida joylashgan bo‘lib, yo‘l to‘silishi aslida yo‘l o‘tkazgich qurilishi bilan bog‘liq. Lavhadagi fuqarolar elektr energiyasida ro‘y bergan nosozlik sabab mutasaddilar bilan suhbatlashishga yig‘ilgan.

Video tarqalishidan 30 daqiqa oldin mahallada elektr nosozligi bartaraf etilishi boshlangan. Aholini issiq choy, qahva hamda yeguliklar bilan ta’minlash ishlar ham tashkil etilgan. Yaqin soatlar ichida ta’minot tiklanadi. Yo‘l qurilish ishlari esa loyiha bo‘yicha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!