«Andijon» klubi Tojikiston milliy jamoasi hujumchisini sotib oldi

«Andijon» klubi Tojikiston milliy jamoasi hujumchisini sotib oldi

Osiyo kubogi-2023da Tojikiston milliy jamoasi bilan chorakfinalga qadar yetib borgan Shahrom Samiyev faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi.

"Tojikiston milliy jamoasi a’zosi hisoblangan Shaxram Samiyev bilan rasman shartnoma imzolandi. Kelishuv muddati 3 yilga mo‘ljallangan", - deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Samiyev 2001 yilning 8 fevral kuni tavallud topgan. Uning oxirgi klubi Moldovaning «Milsami» jamoasi hisoblanadi. Shahram faoliyatini Tojikistonda boshlagan. Dastlab «Barkchi», keyin SSKA (Dushanbe)da o‘ynadi. So‘ngra, 2019 yili «Istiqlol»ga ko‘chib o‘tdi. Shundan so‘ng Shahram Samiyev Rossiyaning «Rubin» klubi a’zosiga aylandi. Tojikistonlik hujumchining keyingi manzili Moldova chempionati bo‘ldi. U yerda «Sherif», «Dinamo-Avto», «Zimbru» va «Milsami» sharafini himoya qildi. Bundan tashqari, Belarus chempionatida «Torpedo-Jodino» va «Isloch» klublarida ham to‘p surgan.

Shaxram Tojikistonning turli yoshdagi termalarida ham o‘ynagan va hozirda u milliy terma jamoaning muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Samiyev Tojikiston termasida hozirga qadar 27 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi. Yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida Samiyev Tojikiston terma jamoasi sharafini himoya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!