Anchelotti "Real"ni tark etishga qaror qilgan futbolchiga murojaat qildi

Anchelotti "Real"ni tark etishga qaror qilgan futbolchiga murojaat qildi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Nacho Fernandesning jamoani tark etishi haqida fikr bildirdi. Seshanba kuni rasman e’lon qilinganidek, "Los Blankos" sardori o‘zining klubdagi so‘nggi mavsumini o‘tkazdi.

34 yoshli ispaniyalik tez orada Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubiga o‘tishi kutilmoqda.

"Siz "Real"ning ajoyib sardori edingiz, lekin birinchi navbatda ajoyib madridist edingiz. Kelajakda omad tilaymiz, Nacho", - deya Karlo Anchelotti so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Nacho Fernandes faoliyatida ilk bor “Real”ni tark etadi. Himoyachining asosiy tarkibdagi debyuti 2011 yilda bo‘lib o‘tgan va u barcha turnirlarda "qirollik klubi" tarkibida 364 ta o‘yin o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!