Ana xolos! Xitoylik haydovchi o‘zi kulgili tarzda yasagan qalbaki guvohnoma bilan qo‘lga tushdi (foto)

Ana xolos! Xitoylik haydovchi o‘zi kulgili tarzda yasagan qalbaki guvohnoma bilan qo‘lga tushdi (foto)

Xitoyning Lyuchjou shahrida motosikl haydovchisi to‘xtatib tekshirildi. U haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatganida esa polisiya xodimlari o‘zlarini kulgidan tiya olishmadi. Bu haqda Liuzhou Evening News nashri yozmoqda.

Haydovchining guvohnomasi qalbaki bo‘lgan, qalbaki bo‘lganda ham shunaqangi qalbakiki, asti qo‘yaverasiz. Erkak o‘ta kulgili, yosh bolalarcha yo‘l tutgan. Ya’ni u charm qoplamaning ichiga qog‘oz joylagan, qog‘ozga esa suratini yopishtirib, qolgan hamma ma’lumotni: ismi, tug‘ilgan yili, motosikl modeli va uning raqamini ruchka bilan qo‘lda yozgan. U bu xatti-harakatini vaqti kamligi va ortiqcha puli yo‘qligi bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!