Ana xolos! Koronavirus mashhur kompaniya uchun "omadli hodisaga" aylandi

Ana xolos! Koronavirus mashhur kompaniya uchun "omadli hodisaga" aylandi

“Netflix” bosh direktori Rid Xastings koronavirusni kompaniyasi uchun kutilmagan "omadli hodisa"ga aylanganligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “The Independent”.

“Karantin taqiqlari paytida dunyodagi ko‘plab korxonalar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, “Netflix” 2020 yilda o‘z abonentlarini ko‘paytirdi. Yilning dastlabki uch oyida deyarli 16 million kishi akkaunt yaratdi, bu 2019 yilning so‘nggi oylarida kuzatilgan yangi ro‘yxatdan o‘tishlar sonidan deyarli ikki baravar ko‘pdir”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “Netflix”ning aksiyalari narxi ham bu yil 30% dan oshgan. Bunga esa odamlarning yopiq joylarda ko‘proq vaqt sarflashi imkoniyatidan foydalanib, kompaniyaga investorlar tomonidan yuqori miqdorda pul tikilishi sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!