Ana xolos! Yer yuzida meteoritning birinchi qurboni aniqlandi

Ana xolos! Yer yuzida meteoritning birinchi qurboni aniqlandi

Turkiya va AQSh olimlari meteorit tufayli inson o‘limi haqida birinchi dalillarni topdilar. Meteoritics & Planetary Science jurnalida tadqiqotchilarning maqolasi e’lon qilindi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat arxivlari Bosh boshqarmasida topilgan hujjatlarga ko‘ra, voqea 1888 yil 22 avgustda yuz bergan. Mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da Yer atmosferasiga olov to‘pi sifatida kirgan meteorit Sulaymoniyada (Iroq) bir kishini o‘ldirdi va boshqasini falaj qildi. Usmonli tilida yozilgan matndagi qishloqqa urilgan toshlarning "yomg‘iri" va ekinlarga yetkazilgan zarar haqidagi jumlalar bu zarba to‘lqini ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Shu paytga qadar biror-bir odamning yerga samoviy jismlar qulashi natijasida halok bo‘lgani haqida fakt yo‘q edi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, xuddi shunga o‘xshash tarixiy dalillar bo‘lishi mumkin, ehtimol, shu paytga qadar meteoritlar qulashi natijasida  ko‘p odam o‘lgandir, ammo bu haqda biror-bir fakt yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!