Ana xolos! 2 mlnga yaqin kishi fuqarolikdan mahrum qilindi. Nega?

Ana xolos! 2 mlnga yaqin kishi fuqarolikdan mahrum qilindi. Nega?

Hindistonning Assam shtati hokimiyati Bangladeshdan kelgan 2 mlnga yaqin kishini fuqarolikdan mahrum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi, deb yozadi "Kun" nashri.

Shtat rahbariyati ushbu qarorni qabul qilishda agar 33 mln fuqaro ro‘yxatidan 1,9 mln bangladeshlik muhojir chiqarib tashlansa, bu ularning Hindistonda rasmiy ro‘yxatga olinishi tezlashishiga olib kelishiga asoslangan.

Milliy ro‘yxatda ta’kidlanishicha, ro‘yxatdan barcha zarur hujjatlarga ega bo‘lmagan fuqarolargina istisno qilingan.

Bu orada ushbu qaror tanqidchilari bu qaror shtatning yuz minglab fuqarosi Bangladeshga deportasiya qilinishi mumkinligidan darak berayotganini aytishmoqda. Birinchi navbatda bu Bangladeshning rasmiy tili hisoblanuvchi bengali tilida so‘zlashuvchilarga taalluqli bo‘ladi.

Shuningdek, ro‘yxat musulmonlarga nisbatan tahqirlashni oqlash uchun qo‘llanishidan xavotir bildirilmoqda. 

Avval boshqa davlatlar va viloyatlar aholisiga Assamda fuqarolikni olish uchun ularning yaqinlari bu yerda Ozodlik urushi boshlanishi, ya’ni 1971 yil 24 martdan oldin yashaganlarini rasman tasdiqlash zarur bo‘lgan.

Assam Hindistonning fuqarolik ro‘yxatiga ega yagona shtati hisoblanadi. U 1951 yilda Hindiston fuqarolarini noqonuniy muhojirlardan farqlash uchun yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!