Amina Xan: “Inson kapitaliga sarmoya kiritish Pokiston–O‘zbekiston hamkorligining barqarorligini ta’minlaydi”

Amina Xan: “Inson kapitaliga sarmoya kiritish Pokiston–O‘zbekiston hamkorligining barqarorligini ta’minlaydi”

Joriy yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Pokiston Mintaqaviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda hamda O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi ko‘magida “O‘zbekiston – Pokiston: o‘zgarib borayotgan dunyoda strategik sheriklik, o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish” mavzusida onlayn ekspertlar konferensiyasini tashkil etdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Islomobod strategik tadqiqotlar instituti huzuridagi Afg‘oniston, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarini o‘rganish markazi direktori Amina Xan mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli va barqaror investisiyalar inson kapitaliga sarmoya ekanligini ta’kidladi. “Infratuzilma mamlakatlarni bog‘laydi, ammo aynan odamlar ta’lim, ko‘nikmalar va texnologiyalar orqali hamkorlikning barqarorligini ta’minlaydi”, — dedi u.

“O‘zbekiston ta’lim islohotlari, texnik ta’limni rivojlantirish va raqamli transformasiya sohasida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Bundan tashqari, mamlakatning elektron boshqaruv va raqamli davlat xizmatlari borasidagi tajribasi Pokiston uchun qimmatli saboq manbai hisoblanadi”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Ekspert har ikki mamlakatning bir-birini o‘zaro to‘ldirishi mumkin bo‘lgan noyob ustunliklari mavjudligini alohida ta’kidladi. “Pokiston ingliz tilidagi oliy ta’lim, tibbiyot sohasidagi bilim va ilmiy-tadqiqot hamkorligini, O‘zbekiston esa raqamlashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish tajribasini taqdim etishi mumkin”, — dedi Amina Xan.

Uning aytishicha, bu imkoniyatlar hamkorlikning uch asosiy platformasi orqali ro‘yobga chiqarilishi mumkin: ikki tomonlama, uch tomonlama va ko‘p tomonlama platforma.

Ikki tomonlama darajada Amina Xan logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati va infratuzilma sohalarida milliy va mintaqaviy mehnat bozorlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnik va kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlashni birgalikda rivojlantirish uchun inson kapitali va texnologiyalar bo‘yicha Pokiston–O‘zbekiston muloqotini tashkil etishni taklif qildi.

Ekspert universitetlar va texnik ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash zarurligini ta’kidladi, bu xavfsizlik, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarini boshqarish, qayta tiklanadigan energiya va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot loyihalarini rivojlantirish imkonini beradi. “Qo‘shma tadqiqotlar ikki tomonlama va mintaqaviy muammolarni hal qilishga yordam beradi, shu paytgacha yetishmayotgan mahalliy asoslangan yechimlarni yaratadi”, — dedi Amina Xan.

Shuningdek, u siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni, umumiy islom merosi va Buyuk Ipak yo‘li tarixini o‘rganishni targ‘ib qiluvchi inkubasiya markazlari va kafedralarini tashkil etishni taklif qildi. “Bunday markazlarni tashkil etish juda muhim va to‘liq amalga oshirilishi mumkin — ham ilmiy institutlarda, ham universitetlarda”, — deya ta’kidladi ekspert.

Amina Xan ikki tomonlama tashabbuslardan tashqari, uch tomonlama formatlar allaqachon amalga oshirilayotgan loyihalarni kuchaytirish, xarajatlarni kamaytirish va muvaffaqiyatli yechimlarni ko‘paytirish imkonini berishini ta’kidladi. Xususan, u Pokiston, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, malaka oshirish, texnologiyalar va savdo sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.

Amaliyotiy misol sifatida u O‘zbekistonda Afg‘oniston bilan chegarada tashkil etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasini keltirdi, bu tuzilmaviy transchegaraviy hamkorlik modeli bo‘lib xizmat qiladi va mintaqaviy integrasiyani kengaytirish uchun boshqa chegara punktlarida takrorlanishi mumkin. “Bu shunchaki chegara punkti emas, balki to‘laqonli iqtisodiy tizim — odamlar o‘rtasidagi aloqalar, ta’lim, tibbiy xizmat, savdo va mintaqaviy tranzit ekotizimidir”, — dedi u.

Uning fikricha, shunga o‘xshash modellar Chaman–Spin-Boldak, Torxam va Kobul chegara punktlarida takrorlanishi mumkin, bu esa mintaqaviy integrasiyani kuchaytiradi va xavfsizlik darajasini oshiradi.

Amina Xan savdo va o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish inson kapitaliga sarmoya kiritish bilan birga olib borilishi kerakligini ta’kidladi. “Ta’lim va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtiradigan va mintaqaviy integrasiyaga hissa qo‘shadigan past xavf va yuqori samaraga ega yo‘ldir”, — dedi u.

Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, agar Pokiston va O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘nalish va sohalarga sarmoya kiritadigan bo‘lsa, ularning hamkorligi mintaqaviy hamkorlik modeliga aylanishi mumkin.

Konferensiyada O‘zbekiston va Pokistonning yetakchi tahliliy va ta’lim markazlari rahbarlari va ekspertlari, biznes va diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu Jorjina Rodrigesga murojaat qildi

"Ан-Наср" клуби ва Португалия миллий терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду қаллиғи Жоржина Родригесни 32 ёшга тўлгани билан табриклади.

Nikolay Valuyev: "Markaziy Osiyo davlatlariga hech qachon tahdid qilmaganman"

Валуевнинг сўзларига кўра, бу видео бошидан охиригача қайта ишланган ва интернетда нафрат қўзғатиш учун тарқатилган.

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Шаҳрисабз туманининг Сарчашма маҳалласида янги инновацион технологиялар асосида сунъий музлик объектлари барпо этилди.

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi

Қирғизистон меҳнат муҳожирлари учун полисларни расмийлаштиришдан бош тортгани учун Россияга қарши ЕОИИ судига даъво аризаси киритди, деб хабар берди Жогорку Кенешнинг меҳнат, соғлиқни сақлаш, аёллар ва ижтимоий масалалар қўмитаси йиғилишида.

Klopp Madrid klubini boshqaradigan bo‘lsa, "Real" yulduzini sotadi

"Ливерпуль"нинг собиқ бош мураббийи Юрген Клопп ёзда "Реал"га устозлик қилиши мумкин.

Trampning ikki-to‘rt oy umri qolganmi?

Трампнинг аломатлари 2016-йилги сайловлардаги ғалабасидан олдин пайдо бўлган ва президент жамоаси унинг ҳолатини яширмоқда

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Saida Mirziyoyeva: Bu fojia nafaqat O‘zbekistonga, balki barcha postsovet mamlakatlariga xosdir"

Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Ilon Mask Rossiya dronlariga Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanishini chekladi — The Insider

SpaceX раҳбари Илон Маск компания “Россия томонидан Starlink'нинг рухсатсиз қўлланилишини тўхтатиш” учун чоралар кўрганини маълум қилди.

Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Англия Премьер-лигасининг 24-тур учрашувлари давом эттирилди.

Ronaldu "An-Nasr"da o‘ynashdan bosh tortmoqda

"Ан-Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналду раҳбариятдан норози бўлиб, клубнинг навбатдаги ўйинида майдонга тушишдан бош тортмоқда.

Serbiya prezidenti: Eronga 48 soat ichida zarba berilishi mumkin

Сербия президенти Александр Вучич яқин 48 соат ичида Эронга зарба берилиши эҳтимолини истисно қилмади.

"Epshteyn ishi" yana bir amaldorning "boshini yedi"

Бу ҳақда Sky News телеканали хабар берди.

Tojikiston chegarasida otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi

Қўмита маълумотига кўра, бу сўнгги бир ой ичида чегарада қайд этилган шунга ўхшаш ҳолатларнинг бешинчиси.

Aviator savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Қайд этилишича, ёнғиндан кейин вайроналар остидан 2023-йил май ойида туғилган қизнинг жасади топилган.

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

The Times of Israel маълумотига кўра, ташкилот ходимлари февраль ойи охиригача Ғазони тарк этиши керак.

Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaymoqda — The Guardian

Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.

Pokiston Belujistonda 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi

Сўнгги икки кун ичида Покистон хавфсизлик кучлари Белужистон вилоятида ўтказилган контртеррористик амалиётлар давомида тақиқланган «Белужистон озодлик армияси» (BLA) билан боғлиқ 100 нафардан ортиқ жангарини йўқ қилди.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.

Andijonda erkak o‘z xotinini maktabda pichoqlab o‘ldirdi

Ушбу пайт, эркакнинг акаси уни кўриб қолиб, шифохонага олиб боради ва кўрсатилган тиббий ёрдам натижасида унинг ҳаёти сақлаб қолинади.

CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan

АҚШдаги нуфузли таҳлил маркази – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Россия ва Украина ўртасидаги урушда ҳар икки томон кўрган йўқотишлар бўйича ҳисобот эълон қилди.

Trampning Eron bo‘yicha bayonoti ortidan neft narxlari oshdi

АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон ҳақидаги баёнотидан сўнг нефть нархлари ўсиш кўрсатди. Brent маркали нефть нархи 1 фоизга кўтарилди.

Hindistonda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar orasida vazir o‘rinbosari ham bor

Мумбайдан учган Learjet 45 бизнес-жети Барамати аэропорти яқинида қўнишга уринаётганда ҳалокатга учради.

Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу моддалар “Альфа ПВП” синтетик гиёҳвандлик воситаси ҳамда “Тропикамид” кучли таъсир қилувчи моддаси ҳисобланади.

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun eng ma’qul hudud qaysi?

Иссиқхона фаолияти билан шуғулланадиган тадбиркорлар учун маҳсулотларни етарли ҳарорат билан таъминлаш муҳим ҳисобланади. Айниқса, қишнинг совуқ кунларида иссиқхонани иситиш кўп ҳаракат ва харажат талаб қилади. Бу борада тадбиркорлар учун энг самарали ечим — қулай ҳудуд танлашдир. Хусусан, Сурхондарё вилояти табиий иссиқ иқлими, қулай муҳит ва шарт-шароитлари билан айнан иссиқхонада маҳсулот етиштирувчилар учун жуда қулайдир.