Amerikaning “boylar brendi” bankrotlikka uchradi

Amerikaning “boylar brendi” bankrotlikka uchradi

AQShning eng qadimgi erkaklar kiyim-kechak brendlaridan biri bo‘lgan "Brooks Brothers" bankrotlik to‘g‘risida e’lon qildi.

Delaver shtat sudi kreditorlarga qarshi himoya arizasini oldi, deb yozadi “The Wall Street Journal”

"Brooks Brothers" 1818 yilda oilaviy biznes sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 202 yildan buyon Amerika elitasi - siyosatchilar, Gollivud yulduzlari, yirik biznesmenlar, sportchilarni “kiyintirib keladi”.

Uning mijozlari orasida AQSh prezidentlari Avraam Linkoln, Teodor Ruzvelt, Franklin Ruzvelt, Jon Kennedi, Richard Nikson, Jerald Ford, katta Jord Bush, Bill Klinton, Barak Obamalar ham bor.

Karantin paytida mahsulotlariga talab pasayib ketgan kompaniya jozirda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Bugun biznes qarzdorligi 500 million dollarni tashkil etayotgan kompaniyada to‘rt mingga yaqin kishi ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!