Amerikaliklarning deyarli 40 foizi Bayden va Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanishini istamaydi

Amerikaliklarning deyarli 40 foizi Bayden va Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanishini istamaydi

Ko‘pchilik amerikalik saylovchilar Yahoo News-YouGov so‘roviga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden yoki AQShning sobiq yetakchisi Donald Trampning ikkinchi muddatga saylanishi mamlakat uchun “eng yomon” variant bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Unga ko‘ra, respondentlarning 37 foizi Trampning 2024-yilda qayta saylanishini mamlakat uchun “eng yomon” variant deb hisoblasa, 35 foizi Bayden haqida ham shunday fikr bildirgan.

Qayd etilishicha, Trampning qayta saylanishiga qarshi chiqqanlar orasida - demokratlarning 85 foizi va respublikachilarning 25 foizi. Baydenning ikkinchi prezidentlik muddatiga qarshi - demokratlarning 43 foizi va respublikachilarning 84 foizi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!