Amerikalik olimlar global internet uzilishi mumkinligini ma’lum qildi

Amerikalik olimlar  global internet uzilishi mumkinligini ma’lum qildi

Ma’lum qilinishicha, kuchli quyosh bo‘roni ohirgi marta 1859 va 1921 yilda sodir bo‘lgan. Mutaxassislar bu kabi hodisa taxminan bir asrda yuz berishini aytgan. Kaliforniya universiteti tadqiqotida Yerning magnit maydoni insoniyatni zaryadlangan zarrachalardan tashkil topgan quyosh shamolidan himoya qilishi aytilgan. Ammo har 80–100 yilda bir marta bu shamol quyosh bo‘roniga aylanishi va global internetning uzilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan. Shuningdek, bu bir necha oy davom etishi mumkinligi ta’kidlangan.

Tadqiqotchi Sangeeta Abdu Jyoti mavjud internet infratuzilmasining ekstremal kosmik ob-havoga chidamliligini baholagan. U global internet infratuzilmasi asoslangan uzoq masofali, optik tolali liniya va suvosti kabellari quyosh bo‘roni tomonidan Yer qobig‘ida paydo bo‘ladigan oqimlarga nisbatan zaif ekanini ma’lum qilingan. Shuningdek, quyosh bo‘roni oqimi elektr uzatish liniyasi kabi uzun o‘tkazgichga kirib, ularga zarar yetkazishi mumkinligi qayd etilgan.

«Hozirgi uzoq masofali internet kabellari optik tolalar geomagnit induksiyali oqimlardan himoyalangan. Ammo bu kabellarda 100 kilometr oraliqda elektr quvvati bilan ta’minlangan takrorlagichlar ham mavjud, ular zararlanishi mumkin», — deydi Jyoti.

Hozirgi quyosh sikli tarixdagi eng kuchlilaridan biri bo‘lishi mumkin. 2019 yilda quyosh dog‘larining soni 116 tani tashkil qilgan. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 210 dan 260 tagacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!