Amerika yana ildamlashni boshladi

Amerika yana ildamlashni boshladi

Prezident Jo Bayden o‘zining ilk 100 kunlik ish kuni yakuni bo‘yicha Kongressda nutq so‘zladi. 

Jo Bayden ish boshlaganining 100 kunligi munosabati bilan, Kongressning qo‘shma majlisida qilgan nutqida: «Amerika yana ildamlashni boshladi», - dedi. Demokratlar Amerika ijtimoiy xavfsizlik tarmog‘ida $1,8 trillionlik o‘zgarishlarni qamrab olgan «Amerika oilalar rejasi»ni e’lon qildi. Sarmoyadan tushgan daromad solig‘ini oshirish orqali moliyalashtiriladigan ushbu dastur, davlat kollejlarida bepul ta’lim va haq to‘lanadigan oilaviy ta’tillarni o‘z ichiga oladi. Janob Bayden o‘zining ushbu dasturini, Kapitoliydagi g‘alayonlarni «Amerika demokratiyasi quyoshi botayotganining belgisi» sifatida qabul qilganlarga qarshi argument sifatida keltirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!