Amerika urushni o‘rganish instituti: Rossiya harbiylari Lisichanskga kirdi va tez orada butun Lugansk viloyatini nazoratga oladi

Amerika urushni o‘rganish instituti: Rossiya harbiylari Lisichanskga kirdi va tez orada butun Lugansk viloyatini nazoratga oladi

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti o‘zining kundalik hisobotida Ukraina harbiylarining Lisichanskdan ketishi haqida yozdi. 2 iyul uchun asosiy xulosalar:

Ukraina qo‘shinlari Lisichanskdan tartibli ravishda chekinishgan bo‘lishi mumkin, shahar 2 iyul kuni Rossiya nazoratiga o‘tdi. Ukraina Qurolli Kuchlari vakillari qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqida e’lon qilmadilar, shuningdek, Lisichansk viloyatidagi mudofaa janglari haqida ham xabar bermadilar, deb yozadi ekspertlar;

— Yaqin kunlarda Rossiya kuchlari Lugansk viloyatining qolgan hududini nazorat ostiga olishlari, keyin esa Slavyansk va Baxmut tomon burilishdan oldin Severskdagi Ukraina pozisiyalariga hujum qilishlari mumkin. Ukraina qo‘shinlarining Severskka olib chiqilishi Ukrainaga harbiy qamal xavfini darhol kamaytirish imkonini beradi;

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov 2 iyul kuni Ukrainadagi rus qo‘shinlarini shaxsan o‘zi tekshirganini ma’lum qildi. Ushbu bayonot Gerasimovning Ukrainada mavjudligini hech qanday tarzda tasdiqlamaydigan slayd-shou nashri bilan birga kelganini hisobga olib, ekspertlar Rossiya shu yo‘l bilan yuqori martabali harbiylar safidagi tozalashlar haqidagi mish-mishlarni rad etishga harakat qilmoqda, deb hisoblashadi. Yana bir izoh shuki, Rossiya ko‘pchilik qo‘mondonlar yo‘q yoki to‘qnashuvga bevosita aloqador emas degan tushuncha bilan kurashmoqda;

Rossiya qo‘shinlari Slavyansk shimolida quruqlikdagi muvaffaqiyatsiz hujumlarini davom ettirdi. Ular, shuningdek, Doneskning janubi-g‘arbiy qismida cheklangan hujumlarni amalga oshirdi, muvaffaqiyatga erishmadi;

Ukrainaning qarshi hujumlari va faolligi Rossiya kuchlarini janubdagi mudofaa operasiyalariga ustuvor ahamiyat berishga majbur qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!