American Airlines bosh direktori musulmon xodimlarini tushunish uchun ro‘za tutdi

American Airlines bosh direktori musulmon xodimlarini tushunish uchun ro‘za tutdi

American Airlines bosh direktori Dug Parker musulmon xodimlari nimani his qilayotganini yaxshiroq tushunish uchun Ramazon oyida ro‘za tutmoqda. Parker o‘zining LinkedIn sahifasida kompaniya xodimlari unga shu tajribani taklif qilganidan so‘ng ro‘za tutishga qaror qilganini yozdi. American Airlines rahbari so‘zlariga ko‘ra, u 15 soat davomida suv va ovqatdan voz kechgan.

Shundan so‘ng uning musulmon xodimlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromi, ularning iymonlariga bo‘lgan sadoqati yanada oshganini bildirdi.

Islam.ru ma’lumotlariga ko‘ra, Parkerning ijtimoiy tarmoqlardagi posti 14 mingga yaqin layk to‘plagan. Uning ostiga 550 ta izoh ham joylandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!