Alloh suygan sahoba

A A A
Alloh suygan sahoba

O‘ta qaltis vaziyatda: «Biz sizga musaviy (Muso alayhissalomga ergashganlar) Payg‘ambarlariga: “Ey Muso, o‘zing Rabbing bilan borib kofirlarga qarshi jang qilaver!” degan gaplarini aytmaymiz, Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, biz: “Siz va Rabbingiz jang qiling, bizlar ham sizlar bilan birga turib jang qiluvchilarmiz”, deymiz. Bizni boshlang, Allohga qasamki, agar dengizga olib borsangiz ham, siz bilan unga sho‘ng‘iymiz, Barkul G‘imotga boshlasangiz ham, sizga ergashamiz», deb Nabiy alayhissalomga xayrixohlik bildirdi.

Uning Alloh va Rasuliga sodiqligi, itoati, og‘ir damdagi ko‘magidan Rasululloh behad xursand bo‘ldilar.

Miqdod ibn Asvad roziyal­lohu anhu Islomga avval kirganlardan. Abdulloh ibn Mas’ud rivoyatiga ko‘ra, u Abu Bakr, Ammor, onasi Sumayya, Suhayb, Bilol roziyallohu anhumdan so‘ng musulmon bo‘lgan. Badr, Uhud va barcha boshqa g‘azotlarda Nabiy alayhissalom bilan birga qatnashdi.

Nasabi borasida ixti­lof bor. Bir qavlda: “Quzoa qabilasining Bahro uru­g‘ilik Miqdod ibn Amr ibn Sa’laba” deyilsa, boshqa birida: “Kinda qabilasidan Hadromiy”, yana birida: “Qora qul edi”, deb keltirilgan. Shunisi aniqki, Miqdod Makkadagi Bani Zuhra ibn Kilob qabilasining itti­foqdoshi edi. Asvad ibn Abdu Yag‘us o‘g‘il qilib olgach, uni: “Miqdod ibn Asvad” deb atay boshlagan. Qur’oni karimning: “Ularni (asrandi farzandlarni) o‘z otalari (ismi) bilan cha­qiringiz. Shu Alloh naz­dida adolatliroqdir. Bas, agar ularning ota­larini bilmasangiz, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va do‘stlaringizdir…” (Ahzob surasi, 5-oyat) oyati no­zil bo‘lganda tabanniylik (farzand qilib olish) bekor bo‘ldi. Buning natijasida Miqdod otasining ismi bilan “Miqdod ibn Amr”, deb chaqirila boshladi.

* * *

Miqdod Habashistonga hijrat qildi. So‘ng Makka­ga qaytdi. Biroq, ayrim sabablarga ko‘ra, Yasrib hij­rati uchun Nabiy alay­his­salomga ergasholmadi. Ke­yinroq Ubayda ibn Horisa roziyallohu anhu rahbar­ligidagi sariya­ga kelib birlashishga muvaf­faq bo‘ldi. Voqea bunday kechgandi: “O‘shanda Ikrima ibn Abu Jahl boshchi­li­gidagi bir guruh quraysh­liklar musulmon­lar bilan to‘qnashdi. Miqdod va Utba ibn G‘azvon mushrik­lar safida edi. Ikkisi musulmonlar bilan jang qilmay, aksincha ular safiga o‘tib olishdi va shu tariqa Yasribga kelishdi. Madinada Miqdod ro­ziyallohu anhu Kulsum ibn Hadamning xonadoniga kelib tushdi. Payg‘ambarimiz alayhissalom uni Jobir ibn Saxr bilan og‘a-ini tutintirdilar. So‘ng Miq­dodni Ziboa binti Zubayr ibn Abdulmuttalib ro­ziyallohu anho bilan ni­kohlab qo‘ydilar”.

* * *

Hijratning ikkinchi yili. Ramazon oyi. Nabiy alayhissalom: «“Menga Abu Sufyonning karvoni haqi­da xabar keldi. Oldiga chiq­sangiz, balki Alloh uning karvonini sizga o‘lja sifatida tortiq qilar?” dedilar. Sahobalar rozi bo‘lib, yo‘lga chiqishdi.

Uch yuz o‘n uch sahoba Shomdan qaytayotgan Qurayshning minglab tuyalari bor karvoniga ko‘z tikib turardi. Shu payt sahobalarning qal­biga sarosima solgan xa­bar yangradi: “Abu Sufyon karvon yo‘lini o‘zgartirdi. Musulmonlardan karvonni asrash uchun qurol-aslahalar bilan tayyorgarlik ko‘rgan ekan”. Xayollarida bir o‘y aylana boshladi: “Biz jangga tayyor emasmiz”.

Payg‘ambarimiz alayhis­salom odamlarni to‘plab: “Menga maslahat beringlar”, dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu turib, yaxshi gapirdi. Umar roziyallohu anhu ham fikrini aytdi. O‘shanda Miqdod ibn Asvad Payg‘am­bar alayhissalomning qosh­lariga keldi va: «Biz sizga musaviylarning: “Sen o‘zing Rabbing bilan borib ikkovlon ularga qarshi urush qilaveringlar”, degan gaplarini aytmaymiz. Aslo! Qavmingiz hech qachon tarqalib ketmaydi. Balki o‘ng tomoningizda ham, chap tomoningizda ham, ortingizda ham, oldingiz­da ham turib jang qiladi. Dushmaningiz bilan kura­shadi, diningizni, Rab­bingizning shariati­ni himoya qiladi”, dedi. Qalbi imon bilan to‘lgan kishi­ning ushbu so‘zlaridan Na­biy alayhissalom behad quvondilar».

Nabiy alayhissalomning: “Menga maslahat beringlar”, deb aytganlarida Miqdod roziyallohu anhu ansorlar­ni nazarda tutganlarini bilgandi. Ansorlar u zot­ga muvofiq kelmay qolishi­dan qo‘rqayotgan edi. Chunki ular oldin faqat u zotni o‘l­dirishga qasd qilganlar­ga qarshi yordam berishga bay’­at berishgan. U zot alayhissalom bilan birga dushmanga qarshi jang qi­lishga kelishishmagandi. Shu vaqt Sa’d ibn Muoz ro­ziyallohu anhu: “Yo Rasu­lulloh, sizga buyurilgan ishingizda bardavom bo‘la­vering, biz siz bilan bir­gamiz”, dedi.

Ushbu voqeaning guvohi bo‘lgan Ibn Mas’ud roziyal­lohu anhu Miqdod aytgan gapni aytishni orzu qildi va: “Boshqa narsalarning evaziga beriladigan ajrlarning o‘rni bu kabi holatga teng kela olmas”, deb qasam ichdi. Zero, Ibn Mas’ud Rasulul­loh alayhissalomning mam­nuniyatlari va Miqdodga hur­matlarini ko‘rgandi. Shu sababdan ham bu manzarani ulug‘ sanab, yuqoridagi gapni aytdi.

Sahobalar Badrda g‘olib bo‘lib, katta o‘ljalarni qo‘lga kiritishdi.

Miqdod ibn Asvad rivoyat qiladi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Ey Allohning rasuli, ayting-chi, agar biror kofirga yo‘liqib, u bilan urishsam va u qilichi bilan bir qo‘limni kesib tashlasa, keyin daraxtga yashirinib: “Alloh uchun musulmon bo‘ldim”, deb aytsa, shunday deganidan keyin o‘ldirish­ga haqlimanmi?” deb so‘ra­dim. U zot alayhissalom: “O‘ldirmagin”, dedilar. Men: “Yo Rasululloh, bir qo‘­limni kesib, so‘ng musulmon bo‘ldim, deb aytgan-ku”, dedim. Nabiy alayhissalom: “O‘ldirmagin. Agar o‘ldir­sang, u o‘ldirilishidan oldingi sening mavqeingda, sen esa uning bu so‘zni (ya’ni, Islomga kirdim) aytga­nidan oldingi mavqei­da bo‘lasan”, dedilar» (Mutta­faqun alayh).

Miqdod ibn Asvad haqi­da Payg‘ambarimiz alay­hissalom bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo menga to‘rt kishini yaxshi ko‘rishga buyuribO‘zi ham ularni yaxshi ko‘rishining xabarini berdiUlar: Ali, Abu Zarr, Miqdod va Salmon» (Imom Termiziy rivoyati).

Miqdod ibn Asvaddan Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Jubayr ibn Nufayr, Abdurahmon ibn Abu Laylo, Hamom ibn Horis, Ubaydul­loh ibn Adi ibn Xiyor va bosh­qalar hadis rivoyat qilishdi.

Miqdod ibn Asvad Misr fathidan so‘ng 70 yoshida vafot etdi.

“Manhalul hadis”, “Fathul Boriy” va boshqa manbalar asosida Toshkent islom

instituti talabasi Munavvara NIYOZALIYEVA tayyorladi.

Manba: hidoyat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

Aholiga subsidiya o‘rniga foizsiz qarz beriladi

2025 йилдан бошлаб аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида давлат томонидан ажратиладиган субсидиялар босқичма-босқич бекор қилинади.

Ichki ishlar vazirligi semiz xodimlarni ishdan bo‘shatadi

Унга кўра, 20 минг киши жисмоний тайёргарлиги текширувидан ўтказилди ва улардан 30 нафари ишдан бўшатилди

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

Avstriyalik olimlar vaqtni orqaga qaytarishni o‘rganishdi

Бу илм-фандаги фундаментал инқилобдир — нима юз берганини қисқача тушунтирамиз

70 yoshdan oshgan haydovchilarga rulga o‘tirish taqiqlanadi

Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

AQShdagi uyga yoshi Yernikidan katta meteorit qulab tushdi

Таъкидланишича, метеорит тахминан 4,56 млрд. йил аввал пайдо бўлган

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Bog‘cha bolangiz bormi? Har oy 618 ming so‘m yordam puli olishingiz mumkin!

Ҳукуматнинг 2025 йил 31 июлдаги қарорига кўра, давлат томонидан камбағал оилаларга махсус моддий ёрдам пули тўлаб берилади.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Бу ҳақда Türkiye нашри Туркия нашри халқаро ҳуқуқ бўйича экспертларга таяниб ёзди.

Yangi tariflardan g‘azablangan ittifoqchilar Trampning "eng zaif nuqtasiga" zarba berishdi

Бу ҳақда Politico таҳлилий мақоласида айтилмоқда.

Alyaska — bu Putinning shaxsiy g‘alabasimi?

Владимир Зеленский АҚШда бўлиб ўтадиган Дональд Трамп ва Владимир Путин учрашувини Россия етакчисининг “шахсий ғалабаси” деб атади.

Di Kaprio qaysi filmni rad etganidan afsusda ekanligini ochiqladi

Ди Каприонинг интервьюси Esquire нашрида чоп этилди.

Putin urushni to‘xtatsa Tramp unga "syurpriz" taklif qilishga tayyor

Бу ҳақда The Daily Telegraph манбаларга таяниб ёзмоқда.

Tinchlik evaziga Alyaskami?

Дональд Трамп Владимир Путинга Украинадаги урушни тугатиш эвазига Аляска ресурсларидан фойдаланиш ҳуқуқини ва санкцияларнинг қисман бекор қилиниши таклифини кўриб чиқмоқда.

Isroil g‘azoliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi

Исроил бош вазири Ғазо аҳолисининг катта қисмини кўчириш ғоясини “ихтиёрий миграция” деб атамоқда.

Rossiyalik siyosatchidan yangi tashabbus: «Bir sinfga — bir migrant»

Россиянинг «Новые люди» партияси етакчиси Алексей Нечаев «Бир синфга — бир мигрант» ташаббуси билан чиқди.

Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Ўзбекистон элчихонаси ва Саудия Арабистони Ташқи ишлар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилган ишлар натижасида унинг мамлакатдан чиқиши учун виза расмийлаштирилди.

Tayvanga kuchli “Podul” tayfuni yopirildi

Тайфун зарбаси натижасида 30 дан ортиқ одам жабрланган.

Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Самарқанд вилояти ЙҲХБ ахборот хизмати хабар берди.

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Марказий божхона лабораториясида олиб борилган экспертиза таҳлилларидан сўнг мазкур чой ва қаҳвалар, капсулалар таркибида “сибутрамин” моддаси мавжудлиги аниқланди.

AQShda logistika poyezdining 35 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Ҳодиса сабаби номаълум, айни дамда тергов олиб борилмоқда.

G‘azoda Isroil hujumlari qurbonlari soni 61 722 nafarga yetdi

2023 йил 7 октябрдан бери Исроил армиясининг Ғазо секторига қилган ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 61 722 нафарга етди. Фақатгина сўнгги бир сутка ичида эксклавдаги Исроил ҳужумлари оқибатида яна 123 киши ҳалок бўлди.

Isroil elchisi YEIni G‘azo masalasida Isroilga bosim o‘tkazmaslikka chaqirdi

Исроилнинг Европа Иттифоқидаги элчиси Хаим Регев Politico нашрига берган интервьюсида Европа давлатлари Ғазо секторидаги инсон ҳуқуқлари масаласи бўйича Исроилга босим ўтказишдан воз кечиши кераклигини билдирди. Унинг сўзларига кўра, бундай чоралар ЕИнинг Яқин Шарқдаги нуфузини йўқотишига олиб келади.

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Буюртмани қабул қилиши керак бўлган пятигорсклик эркак жўнатмани олаётганда пайтда ушланган

Eron Isroilning sog‘liqni saqlash muassasalariga qilingan hujumlarini qoraladi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.

Isroil armiyasi jurnalistlar nomlarini yo‘q qilish ro‘yxatiga kiritgani aytilmoqda

Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

Бозорнинг умумий дўконлар қурилган майдони 20.000 м/кв бўлиб, кўрилган тезкор чоралар натижасида 12.000 м/кв майдонда жойлашган савдо дўконлари ёнғиндан сақлаб қолинган.

Chiroqchida xotin erini qizg‘onib boshqa ayolni do‘pposlab, kiyimsiz qoldirdi

Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.

DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

Маълум бўлишича, давлат ижрочиси ушбу “хизмати” эвазига муқаддам 450 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм ҳам олган.

Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Ҳодиса оқибатида 11 киши ҳалок бўлди. Шунингдек, 45 киши тан жароҳати олди, улардан 12 нафарининг аҳволи оғирлиги айтилмоқда.

Jomboyda yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида “KIA BONGO”, “DAMAS” ва “GENTRA” русумли автомобиллар зарарланган.

Turkiyada kuchli 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Турли шаҳарларда, жумладан, Истанбулда ҳам ер силкиниши сезилган.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Болгарияда чўкиб кетган йигитнинг жасади Ўзбекистонга қайтарилмоқда

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Машина устида салют учирган блогер 7 суткага қамалди

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.

Таиландда 30 қаватли минора қулаб тушди

Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.

Қозоғистонда йўқолган вертолёт парчаси ва экипажнинг жасади топилди

Эслатиб ўтамиз, EC-145 вертолёти 25 июль куни бедарак йўқолган

Тошкентда 3 нафар эркак банкоматни ўғирламоқчи бўлди

Ерга тушиб кетган банкомат овози фуқароларнинг эътиборини тортганидан шубҳаланиб, улар шикаст етган банкоматни ташлаб воқеа жойидан қочиб кетишган.

Фарзандлари онасини кўришни истамаган аёл алимент пуллари ундирилди

Олтиариқ туманидаги ҳодиса бизни ачинарли ҳақиқатга яна бир бор тўқнаштиради: онанинг фарзандларини ташлаб кетиши.

Хитой фуқароси АҚШдаги ҳибсхонада ўз жонига қасд қилди

32 ёшли йигит ювиниш хонасида бўйнига осилган ҳолда топилган

2023 йилдан буён Исроил томонидан Ғазога 100 минг тонна бомба ташланди

Сўнгги 24 соат ичида Ғазода Исроил томонидан 100 нафар киши ўлдирилди

Ғазода очликдан ҳалок бўлганлар сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги директори Мунир ал-Барш ижтимоий тармоқда маълум қилди.

ҲАМАС: Исроилнинг Ғазо шаҳрини босиб олиш режаси "катта хақ тўлашга олиб келади"

ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.

БМТ инсон ҳуқуқлари комиссари Исроилни Ғазодаги ҳарбий режадан воз кечишга чақирди

Бу ҳақда хорижий ОАВга таянган ҳолда Report нашри хабар берди.

Ҳизбуллоҳни қўлдан қуролсизлантириш — АҚШ ва Исроилнинг найранги

Ямандаги Ансоруллоҳ ҳаракати раҳбари Абдулмалик ал-Ҳуси АҚШ ва Исроилнинг Ливандаги Ҳизбуллоҳ ҳаракатини қуролсизлантириш уринишларини кескин танқид қилди.

Исроил Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини тасдиқлади

Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.

Исроил ваъдасини бузди ва ғазоликларни «секин ўлдириш»да давом этяпти

Исроил Ғазо секторига инсонпарварлик ёрдами ортилган юк машиналарини Европа Иттифоқига ваъда қилганидан тўрт баравар кам киритди. Бу ҳақда Euractiv Еврокомиссия ҳужжатларига асосланиб хабар берди.

Хитойда хавфли вирус тарқалди. Карантин чекловлари жорий қилинди

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Тошкентда 19 ёшли йигит кўчада кийимсиз юргани бўйича маълумот берилди

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Хитойда кўчки остида 14 киши қолиб кетди

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

Ғазода қашшоқлик қурбонлари сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

АҚШнинг Жоржия штатидаги Форт-Стюарт ҳарбий базасига қуролланган шахс бостириб кирди

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Испанияда жазирамадан 1060 киши вафот этди

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.