Alla Pugachyovani xorijiy agent sifatida tan olishmoqchi

Alla Pugachyovani xorijiy agent sifatida tan olishmoqchi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha federal loyiha rahbari Vitaliy Borodin Alla Pugachyovani xorijiy agent sifatida tan olish tartibi boshlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kontekst”. Borodinning so‘zlariga ko‘ra, uning murojaatiga Bosh prokuratura javobida aytilishicha, prokuratura Adliya vazirligidan xonandani xorijiy agent sifatida tan olishni so‘ragan.

Borodinning Bosh prokuraturaga murojaatiga Pugachyovaning videosi sababchi bo‘ldi, unda xonanda Stas Mixaylovning mamlakatni tark etgan san’atkorlarni tanqid qilganiga javob qaytargan. Keyin u muhojir rassomlar “bu yerga hali tiz cho‘kib emaklab kelishadi va Rossiya tomonida turib, oyoqlarini o‘pishlarini” aytgan. Pugachyova “normal odamlar qaytib kelmaydi” deb javob bergan va Mixaylovni “m****” deb atagan.

Bundan tashqari, Borodinning so‘zlariga ko‘ra, Isroilga jo‘nab ketganidan keyin Pugachyova bir necha bor Rossiyaga qarshi pozisiyasini ifodalagan va xorijiy agent sifatida tan olingan eri Maksim Galkinni omma oldida qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!