Alisher Usmonovga tuhmat qilganlikda ayblangan jurnalist qidiruvga berildi

Alisher Usmonovga tuhmat qilganlikda ayblangan jurnalist qidiruvga berildi

Rossiyada polisiya «Rosbalt» agentligi jurnalisti Aleksandr Shvarevga tuhmat va tamagirlikda sirtdan ayblov e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

"Daryo"ning yozishicha, Latviyada davolanishda bo‘lib turgan jurnalist xalqaro qidiruvga ham berilgan. Sud 11 noyabr kuni uni sirtdan hibsga olish haqidagi so‘rovni ham ko‘rib chiqadi.

Tergovga ko‘ra, Shvarev biznesmen Alisher Usmonovning sha’ni va nufuziga putur yetkazadigan yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.

Shuningdek, obro‘sizlantiruvchi materiallar tarqatish bilan tahdid qilib, qozog‘istonlik tadbirkor Kenes Raishevdan 3,3 million rubl talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!