“Alibobo va qirq qaroqchi” filmining remiksi yaratiladi

“Alibobo va qirq qaroqchi” filmining remiksi yaratiladi

Hindistonlik rejissyor Umesh Mehra mashhur kinoshedevr “Alibobo va qirq qaroqchi” filmi remiksini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Mazkur remiks zamonaviy talqinda bo‘lib, unda mahoratli o‘zbek va hind aktyorlari ishtirok etishadi.

Shu bilan birga, Umesh Mehra o‘zbek va hind afsonalariga bag‘ishlangan “Sher va Gul” nomli yangi kinoloyiha ustida ish olib bormoqda. Mazkur loyiha tarixiy janrda bo‘lib, 2 qismli to‘liq badiiy film bo‘ladi.

O‘zbek rejissyori Latif Fayziyev va hind rejissyori Umesh Mehra hamkorligida suratga olingan "Alibobo va qirq qaroqchi" filmi 1980 yilda ekran yuzini ko‘rgan. Film Hindiston, Toshkent, Samarqand va Dushanbeda suratga olingan. Unda o‘zbek, hind, rus, gruzin, qirg‘iz, arman aktyorlari rol ijro qilgan.

Film Hindiston, Rossiya, Italiya, Fransiya, Vengriya, Polsha va deyarli boshqa barcha mamlakatlarda ham namoyish qilingan. Ammo eng ko‘p Hindiston va SSSRda mashhurlikka erishgan. 1980 yilda Sovet kinoprokatida 52,8 million tomoshabin bilan yetakchi filmlar orasida 5-o‘rinni egallagan.

Hindistonda film yarim yildan ko‘proq vaqt ekrandan tushmagan. Dushanbedagi Butunittifoq kinofestivali hamda 1981 yilda Belgraddagi kinofestivalda ham namoyish etilib, mukofotga loyiq topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!