Al-Shifa kasalxonasidan 31 chaqaloq evakuasiya qilindi

Al-Shifa kasalxonasidan 31 chaqaloq evakuasiya qilindi

G‘azo sektori shimolidagi Al-Shifa kasalxonasidan kamida 31 chaqaloq evakuasiya qilindi. Buni hudud Sog‘liqni saqlash vazirligi kasalxonalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Zakut Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar haqida ketmoqda. Evakuasiyani aynan kim amalga oshirgani va bolalar qayerga olib ketilishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!