“Al-Hilol” Lionel Messiga qancha maosh va’da qilgan?

“Al-Hilol” Lionel Messiga qancha maosh va’da qilgan?

“Al-Hilol” prezidenti 2023 yilda Lionel Messi bilan muzokaralar olib borilganini haqida aytib o‘tdi.

O‘tgan yili argentinalik futbolchi “PSJ”ni erkin agent sifatida tark etgandi. O‘sha vaqtlarda Messi “Barselona”ga qaytishi haqida xabarlar chiqa boshlagandi, biroq yakunda Leo “Inter Mayami” safiga borib qo‘shilgandi.

“Biz haqiqatan ham Messi bilan muzokaralar olib borgan edik. Unga 1,4 milliard yevro taklif qilgandik, biroq Leo taklifni rad etgandi. Chunki uning oilasi Amerikaga borishni xohlagan edi.

Futbolchi oilasi uchun shunday katta puldan voz kechishi hayratlarli. Biz uni hurmat qilamiz, chunki oila puldan muhimroq”, — deydi Anmar al-Hayli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!