Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi etib tayinlandi

Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi etib tayinlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov familiyadoshi Akilbek Japarovni Vazirlar mahkamasi raisi va prezident ma’muriyati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Sadir Japarov imzolagan farmon bilan Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi – respublika prezidenti ma’muriyati rahbari etib tayinlandi. U ilgari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan ozod etildi”, - deyilgan hujjatda.
Shuningdek, Qirg‘iziston yetakchisi boshqa farmoni bilan Hukumatning yangi tarkibini tasdiqlagan. Unga ko‘ra asosiy va aksariyat vazirlar o‘z lavozimlari saqlab qolishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!