“Akamning o‘limidan benihoya xursandman!” Singil nega bunday gaplarni aytdi? (foto)

“Akamning o‘limidan benihoya xursandman!” Singil nega bunday gaplarni aytdi? (foto)

Markning o‘limidan so‘ng uning 32 yoshli singlisi Keti Togxill akasi uni bir necha marta zo‘rlaganligi va uni kaltaklaganini aytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bularning barchasi qizning sakkiz yoshligida boshlangan. Akasi agar u bu haqda birovga churq etadigan bo‘lsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bundan tashqari, agar haqiqat oydinlashadigan bo‘lsa, ularni onasidan ayirishlari mumkinligini aytib, yosh qizaloqni aldagan. Keti ko‘p yillar davomida oilasini yo‘qotishdan qo‘rqib jim yurgan.

Bir necha yildan so‘ng fosh bo‘lgan haqiqatga qo‘shimcha ravishda Markning onasi hamda uning sobiq sevgilisi ham uning qanchalik qo‘rqinchli va iflos odam bo‘lganligini ta’kidlashmoqda. Ammo Markning otasi hamda uning sherigi bu ayblovlarning barchasini rad etib, Markning yonini olishmoqda.

34 yoshli britaniyalik Mark Satton Alp tog‘larida velosipedda uchayotgan paytda vafot etgan. U Markni hayvon deb o‘ylagan ovchi tomonidan tasodifan otib o‘ldirilgan, deydi “The Sun”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!