Ajal yosh tanlamas

A A A
Ajal yosh tanlamas

“O‘lim kelib, u: “Robbim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lardim”, deb qolmasingizdan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Alloh ajal kelganda hech bir jonni (vafot ettirmasdan) qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir” ("Munofiqun" surasi, 10-11-oyatlar).

Darhaqiqat, umr o‘tkinchi. Shuning uchun uni botil yo‘lda zoye qilmaslik, g‘animat kunlarni johillik bilan o‘tkazmaslik zarur. Farzandlarni yetim, ayollarni tul qoldiradigan, akani ukadan, boyni moldan judo qilib, hayot lazzatlarini kesadigan o‘limni esda tutishgina to‘g‘ri yo‘lda yurish mezonidir. Boyligini turli shahvoniy istaklarga sarflab, umrini behuda o‘tkazayotganlar o‘limni unutganlardir.

Hadisi shariflarda: “Ibrat uchun o‘lim, mashg‘ulot uchun ibodat, to‘g‘rilik uchun ishonch kifoyadir”, deyilgan. Bizdan so‘ng o‘zga ummat, Muhammad alayhissalomdan keyin hargiz boshqa payg‘ambar kelmaydi. O‘tib ketganlar keyingilarni kutmoqda. O‘lim ostonasida turganda na hasrat-nadomat, na bola-chaqayu va na molu dunyo foyda bera olmaydi. Inson ko‘z ochib-yumguncha ham, olgan nafasini qaytib chiqargunicha ham o‘limdan omon bo‘lmaydi. Azroil kelganda uni biror qo‘riqchi, biror posbon to‘xtata olmaydi. Ajal paymonasi qasd qilgan kishisiga yetmasdan qolmaydi.

Shuning uchun toki inson tirik ekan, libosni toza tutishga intilgandek, ruhni poklashga, dinni asrashga harakat qilmog‘i kerak. Bo‘sh qop tik turmaydi deyishadi. Safarga chiqqan odam yo‘l uchun kerakli narsalarini – kiyim-kechagini, ozuqasini jomadoniga yuklab oladi. Shunday ekan, nega endi oxirat uchun ozuqa to‘plashga intilmaymiz?

Shu vaqtgacha ajal domidan qutulgan kishi yo‘q. O‘lim ota-onaga ham, bolaga ham rahm qilib o‘tirmaydi. Ammo amallarimiz xuddi mangu yashaydigandek. O‘limga bo‘lgan ishonchimiz gumonga, qayta tirilishga bo‘lgan iymonimiz esa bo‘htonga aralashib qolmayaptimikin?

Solih zotlardan biri ko‘rgan tushini shunday bayon qiladi: “Bir kishi kiyik quvmoqda, u esa tutqich bermay qochmoqda. Ikkisining ketidan bahaybat arslon ham tushdi. Kishi arslonning kelayotganini sezib tursa-da, unga parvo qilmay, o‘ljasining ketidan yugurmoqda. Unga yetay-etay deganda arslon orqadan yetib olib, uni halok qildi. Kiyik esa uning o‘limiga nazar ham solmay yurishda davom etaverdi. Negadir arslon kiyikning ketidan tushmadi. Sal o‘tmay o‘sha kiyikning orqasidan boshqa odam tushdi. Arslon uni ham quvib yetib, halok qildi. So‘ng yana birov kiyikning ortidan yugurdi. U ham maqsadiga yetmay, arslon changalida jon taslim etdi. Shu yo‘sinda kiyikning ketidan tushgan odamlarning birortasi uni tuta olmay, arslonga yemish bo‘laverdi. Kiyik esa hamon tirik, sakrashda, yugurishda davom etmoqda. Buni tushunmay lol qolib turganimda arslon menga qarab: “Nimadan ajablanasan? Mening kimligimni, kiyikning nimaligini tushunmading shekilli? Men o‘lim farishtasi – Azroilman. Kiyik esa dunyo. Uni quvlayotgan odamlar – dunyo ilinjida boylik ketidan yugurib, o‘limdan qochmoqchi bo‘lganlar. Men ularni birma-bir tutib, jonini olaveraman”, – dedi”.

Har bir inson bir kun kelib, o‘lim eshigidan kirishi muqarrar. Eshikning narigi tomonida nimalar bo‘lishi esa faqat Parvardigorgagina ayon. Ammo bir narsa aniq –To‘g‘ri yashaganlar ne’matli hayotga, xilof ishni tutganlar jahannamga mahkumdir. Allohning do‘stlari vafot etib, jannatga kirsalar, U Zotning dushmanlari abadul abad jahannam azobidadir.

Iso alayhissalom huzurida o‘lim zikr qilinsa, uning qo‘rqinchi sabab badanlaridan ter tomardi. Iso alayhissalomdek payg‘ambar shu kuyga tushgan ekan, bizning ko‘zimiz nega namlanmaydi? Badanning sog‘ligi, boylikning ko‘pligi, umrning yoshligiga ishonmang. O‘lim farishtasi kichikka izzat, kattaga hurmat qilib o‘tirmay, o‘z ishini bajarib ketaveradi.

Azroil kelganda inson unga: “Menga imkoniyat ber, yana ozgina, hech bo‘lmasa biror kun yashay”, – deydi. Azroil: “Ey g‘ofil banda, kunlaringni yashab bo‘lgansan”, –deb javob beradi. “Biror soat imkoniyat ber”, desa, “Soatlaring tamom bo‘lgan”, – deydi. “Biror og‘iz gapiray, oilamga holatimni tushuntiray”, – desa, “Barcha gapingni aytib tugatgansan”, – deb, jonini sug‘urib oladi.

Inson nima uchun yaralgan bo‘lsa, shunga tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Chunki Alloh taolo hech bir bandani bekorga yaratmagan. Inson ibodat uchun yaratilgan. Bandalar toatga kuch olishi uchun Parvardigor ularga rizq berib turadi. Ammo dunyo bir kun kelib, zavolga uchrashi tabiiy. Bu dunyo – imtihon diyori. O‘lim esa ushbu imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlar uchun rohat bo‘lsa, yiqilganlar uchun halokatdir.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.