Airbus korrupsiya bo‘yicha rekord darajada jarima to‘laydi

Airbus korrupsiya bo‘yicha rekord darajada jarima to‘laydi

Jahonning eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Airbus Fransiya, Buyuk Britaniya va AQShning tegishli idoralariga qariyb 3.6 milliard yevro miqdoridagi jarima to‘laydi.

Airbus ushbu jarimani bir qator mamlakatlarga samolyotlar sotuvida korrupsion sxemalardan foydalanish mumkinligi bo‘yicha olib borilgan kelishuv doirasida to‘lagan.

Ushbu kelishuvga muvofiq Fransiya milliy moliya prokuraturasi 2 milliard yevrodan ortig‘ini oladi. Britaniyaninig yirik moliyaviy firibgarliklarga qarshi kurashish xizmati 984 million yevro, AQSh Adliya vazirligi 526 million yevro, AQSh Davlat departamenti esa 9 million yevro oladi.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!