“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar ro‘y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo‘linadi
▫️tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
▫️texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensasiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab muayyan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o‘rnatiladi:
kundalik rejim – muayyan hududda, ob’ektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda;
favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda
va favqulodda vaziyatlar davrida.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etish taqiqlanadi.
Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari to‘g‘risida OAV orqali aholi o‘z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish:
- mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlarning tegishli qarorlari;
- respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda – Hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish alohida qonun bilan tartibga solingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.